Toshkentda SAADI brendi asoschisi Diyora Rahimova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi

29 oktyabr kuni Toshkentdagi Tashkent City Mall savdo markazida SAADI brendi asoschisi Diyora Rahimova ishtirokida uchrashuv tashkil etiladi. Tadbir mehmonlari brend asoschisi bilan yuzma-yuz muloqot qilish hamda uning ilk parfyumeriya mahsuloti — Elixir of Joy ifori bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.
Mehmonlarni nimalar kutmoqda?
Uchrashuv dasturidan Diyora Rahimova bilan suhbatlashish, esdalik uchun suratga tushish va atir flakoni hamda uning mualliflik retseptlar kitoblariga dastxat olish imkoniyatlari o‘rin olgan. Retseptlar kitoblarini tadbirning o‘zida xarid qilish ham mumkin.
Tadbir SAADI brendining Elixir of Joy pop-up do‘konida bo‘lib o‘tadi. Tashrif buyuruvchilar yangi iforni yaqindan o‘rganish, uning yaratilishi haqida ma’lumot olish va brend asoschisiga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.
Tadbir haqida
Sana: 29 oktyabr
Vaqt: soat 18:00
Manzil: Tashkent City Mall, 2-qavat, Tanuki restorani yonida
Kirish: bepul
Tadbirda ishtirok etish uchun chipta talab qilinmaydi. Barcha qiziquvchilar uchrashuvga tashrif buyurib, Diyora Rahimova bilan muloqot qilishlari mumkin.































Izohlar 0
…