Turkiyada noodatiy tayinlov: 22 yoshli qiz futbol jamoasini boshqaradi

Turkiyada noodatiy tayinlov: 22 yoshli qiz futbol jamoasini boshqaradi

Turkiyaning “Turgutluspor” klubi bosh murabbiyi etib 22 yoshli Zeynep Mestan tayinlandi. U klub tarixida erkaklar jamoasini boshqargan ilk ayol murabbiy sifatida qayd etildi.

Zeynep yangi jamoasi bilan dastlabki mashg‘ulotni ham o‘tkazdi. Endilikda uning oldida murakkab vazifa turibdi: so‘nggi ikki mavsumda quyi ligalarga tushib ketgan jamoaning natijalarini yaxshilash va uni yana yuqori pog‘onalarga olib chiqish.

Yosh murabbiyning tayinlanishi futbol jamoatchiligi e’tiborini tortmoqda. Endi muxlislar Zeynep Mestan qo‘l ostida “Turgutluspor” qanday natijalar qayd etishini kuzatadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar