18:13 / 05.05.2018
6 268

Toshkent-Bishkek-Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi ishga tushdi. Yo‘l kira narxlari ma’lum

Toshkent-Bishkek-Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi ishga tushdi. Yo‘l kira narxlari ma’lum
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zavtotrans” agentligi Toshkent-Bishkek-Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi tashish maqsadida avtobus faoliyati ishga tushganini ma’lum qilmoqda. Bu haqda agentlik saytida shunday deyiladi, deb yozadi Kun.uz.

Ma’lum qilinishicha, avtobus 12 soat 40 daqiqa ichida “G‘isht ko‘prik” (O‘zbekiston) chegara o‘tish punktidan to “Chaldovar”gacha (Qirg‘iziston) 601 km masofani bosib o‘tishi rejalashtirilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, bitta yo‘lovchi uchun yo‘l kira narxi 120 ming so‘m (yoki qirg‘iz tomonda 1000 som)ni tashkil etadi. Shunday qilib, ilk qatnov 5 may kuni soat 17:30da “Toshkent” avtovokzalidan jo‘nab ketadi.

Mart oyida agentlik boshlig‘i o‘rinbosari Shoalim Shovahobov “yaqin oylar ichida Toshkent – Bishkek, Farg‘ona – O‘sh va Andijon – O‘sh yo‘nalishlarida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish” rejalashtirilayotgani haqida aytgandi. Shuningdek, vakilning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent – Issiq Ko‘l mavsumiy yo‘nalishi ham paydo bo‘lishi nazarda tutilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingandi.

Qarorga ko‘ra, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan faol muloqot qilish orqali avtomobil transporti sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan kelishgan holda, yangi muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlarini ochish hamda xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash, bu sohadagi amaldagi shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish va yangilarini tuzish, xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar blankalarini o‘zaro ayirboshlash “O‘zavtotrans” agentligining asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkent-Bishkek-Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi ishga tushdi. Yo‘l kira narxlari ma’lum