Foto:«Fotouz»
Prezidentning tegishli farmoniga asosan ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomobillarni topshirib, qiymati orasidagi farqni to‘lash orqali yangisini xarid qilish imkonini beruvchi «TRADE-IN» dasturi 2019 yil 1 oktyabrdan tatbiq etila boshladi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Shunga ko‘ra, hukumatning qator qarorlariga «TRADE-IN» tushunchasi, ushbu dasturni qo‘llash tartibi va shartlarini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.
Xususan, avtomobillar fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan rasmiy dilerlik korxonalariga «TRADE-IN» dasturi bo‘yicha sotilganda bitimning notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi.
Shuningdek, rasmiy diler mazkur dastur bo‘yicha ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomobilni sotib olganda, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hududiy DYHXX organlariga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar belgilab berildi.
Bunda, avtomobilni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan tegishli ma’lumotnoma beriladi, ushbu ma’lumotnoma avtomobilni boshqarish huquqini bermaydi, shuningdek vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Suvni tik turgan holda ichish mumkin emasligi ilmiy jihatdan isbotlandi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi