Foto: Motor
SAIC — Xitoy davlat avtomobilsozlik kompaniyasiga tegishli Roewe markasi R-Aura flagmanining kelajakdagi konseptini taqdim etdi. Elektrokar birinchi bo‘lib o‘ziga xos yangi dizayn va soddalashtirilgan R shaklidagi logotipga ega bo‘ladi. Keyinchalik ushbu dizayndan kompaniyaning boshqa elektromodellarida qo‘llash boshlanadi, deb xabar beradi Motor.
Roewe’ning yangi dizayniga bir vaqtning o‘zida ham oddiy, ham zamonaviy deya ta’rif berilmoqda. Ko‘zga tashlanadigan elementlari old tarafida — yoritilgan logotip va faralarni birlashtirib turuvchi ingicha hoshiya, orqa tarafida esa — uch o‘lchovli fonarlar. Taxminlarga ko‘ra, bu kabi ko‘rinish kelajakdagi barcha Roewe elektromobillariga taalluqli bo‘ladi.
Kuzovning markaziy ustunida barmoq izi skaneri hamda yuzni tanish tizimi kamerasi joylashganini ko‘rish mumkin. Konsept haqida boshqa hech qanday ma’lumot yo‘q. Mashinaning texnik tavsifi haqida hatto mahalliy OAV ham bilmaydi, shu sababli R-Aura — shunchaki dizayn borasidagi tadqiqot, tayyor prototip emas degan xulosaga kelish mumkin.
Foto: Motor
Bugungi kunda Roewe brendi ostida ikkita elektromodel sotilmoqda. Bular — ERX5 krossoveri va Ei5 universali. Fevral oyida kompaniya yana bir sedanni — Ei6’ni namoyish etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi