16:30 / 18.11.2020
3 450

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi yana oshdi

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi yana oshdi
Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil yanvar-oktabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma’lumot berdi.

Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshgan. 2019 yilning shu davrida 218 912 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 238 868 dona.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yil yanvar-oktabr oylarida 66 481 dona Cobalt, 57 694 dona Nexia T-250, 41 799 dona Lacetti-Gentra, 44 076 dona Damas, 21 757 dona Spark hamda 7 061 dona Labo avtomobili ishlab chiqarildi.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish kamaydi. 2019 yilda - 4 440 dona, 2020 yilda - 3 306 dona.

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish ko‘paydi. 2019 yilda 165,4 ming dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 192,6 ming.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi yana oshdi