15:00 / 12.02.2021
2 899

«UzAuto Motors» eng ommabop avtomobillari sotuvini vaqtincha to‘xtatdi

«UzAuto Motors» eng ommabop avtomobillari sotuvini vaqtincha to‘xtatdi
Foto: «UzAuto Motors»
«UzAuto Motors» dilerlari yangi dasturiy ta’minotga o‘tayotgani sababli Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillariga shartnoma berish vaqtincha to‘xtatilgan.

Qayd etilishicha, GM Uzbekistan avtosalonlari shartnomalar va avtoulovlarni yetkazib berishni boshqarishning yangi tizimiga o‘tmoqda.

Shu bois, o‘tgan haftadan boshlab «UzAuto Motors» avtosalonlari Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti uchun shartnomalar tuzishni to‘xtatgan. Ba’zi avtosalonlarda Trecker 2 va Tahoe sotib olish uchun shartnoma tuzishning ham imkoni bo‘lmayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Avto » «UzAuto Motors» eng ommabop avtomobillari sotuvini vaqtincha to‘xtatdi