Haydovchilar uchun yomon xabar: mashhur jarimalar yana qimmatlashadi

2026 yil 1 sentyabrdan bazaviy hisoblash miqdori 412 ming so‘mdan 440 ming so‘mga oshiriladi. Shu sabab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar ham ko‘payadi.
Endilikda xavfsizlik kamarini taqmaslik 220 ming so‘m, hujjatsiz yoki sug‘urtasiz harakatlanish 440 ming so‘m miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.
Qizil chiroqda o‘tish va rulda telefondan foydalanish uchun jarima 1 million 320 ming so‘mni tashkil etadi. Taqiqlangan joyda to‘xtash esa 880 ming so‘mga tushadi.
Tezlikni 20 km/soatgacha oshirish 440 ming so‘m, 20–40 km/soatga oshirish 2 million 200 ming so‘m, 40 km/soatdan yuqori oshirish esa 3 million 960 ming so‘m jarimaga sabab bo‘ladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…