Daniyaning o‘ta o‘ngchi Stram Kurs harakati yetakchisi Rasmus Paludan musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’onni yana omma oldida yoqib yubordi.
O‘ng qanot radikalchining navbatdagi provokatsiyasi Daniyaning Tornbi shahrida, aholisi asosan musulmonlar bo‘lgan hududda sodir bo‘ldi. Paludanning bu manfur harakati politsiya himoyasi ostida amalga oshirilgan.
Ekstremistik fikrdagi siyosatchi voqea joyidan olingan kadrlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Xabarlarga ko‘ra, Paludan Qur’onni yoqib yuborayotganda uni 30 ga yaqin politsiyachi qo‘riqlab turgan. Uning bu tuban ishini amalga oshirayotgan hudud politsiya lentasi bilan o‘ralgan. Voqea yaqinida Daniya Milliy razvedka boshqarmasining yetti nafar fuqaro kiyimidagi zobiti ham bo‘lgani aytilmoqda.
Avvalroq Rasmus Paludan Shvetsiya janubidagi Linkoping shahrida Qur’onni omma oldida yoqib yuborgan edi. Provokatsiya aslida mahalliy politsiya himoyasi ostida amalga oshirilgan. G‘azablangan fuqarolar politsiyani irqchilar yetakchisi uyushtirayotgan bu provokatsiyaning oldini olishga chaqirdi. Ammo huquq-tartibot idoralari xodimlari bu talabni e’tiborsiz qoldirdi va aholining haqli noroziligiga sabab bo‘ldi.
Namoyishchilar yo‘lni to‘sib, politsiyaga tosh otgan. Voqea oqibatida 26 nafar politsiya xodimi va 14 nafar namoyishchi yaralangan bo‘lsa, 20 ta politsiya mashinasi yoqib yuborilgan.
Paludan avval ham bir necha bor Shvetsiyaning turli shaharlarida, politsiyaning kuchli himoyasi ostida mana shunday jirkanch harakatlarini amalga oshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi