1 305
Urushning 67-kuni: Donbassda janglar davom etmoqda. Kiyev viloyatida bolalar halok bo‘lgan ota-onalarini dafn qilmoqda
Ukrainada urush boshlanganiga oltmish yetti kun to‘ldi. Donbassda janglar davom etmoqda. AQSH Kongressining Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Kiyevga tashrif buyurib, Ukrainani qo‘llab-quvvatladi. Mariupoldagi «Azovstal» zavodi hududini tark etganlar evakuatsiya punktlarida oilasi bilan uchrashmoqda. Kiyev viloyatidagi bolalar halok bo‘lgan ota-onalarini dafn etishmoqda. Meduza urushga oid 1 may suratlarini jamladi.
Kiyev va Kiyev viloyati
10 yoshli bola Irpenning o‘qqa tutilishi paytida halok bo‘lgan otasining qabri yonida turibdi.
Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSH Kongressining Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi bilan. Pelosi urush boshidan beri Ukrainaga tashrif buyurgan eng yuqori martabali amerikalik siyosatchi bo‘ldi. Zelenskiy spikerga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, buni «AQSH tomonidan kuchli qo‘llab-quvvatlanish belgisi» deb atadi.
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Mariupol
Mariupoldan evakuatsiya qilingan «Azovstal» xodimi o‘g‘li bilan ko‘rishmoqda. O‘smir qarindoshlari bilan shaharni avvalroq tark etgandi.
Foto: Reuters
Donbass shimoli
Rubijnoy shahridagi ishdan chiqarilgan mashina. Ukraina Qurolli kuchlariga ko‘ra, 2 may kuni «dushmanning asosiy harakatlari shaharni to‘liq nazoratga olishga yo‘naltiriladi».
Foto: «TASS»
Slavyanskda yashovchi 78 yoshli ayol yerto‘lasida murabbo solingan bankani olmoqda. Tashqarida shahar uchun janglar davom etmoqda.
Foto: AFP
Xarkov viloyati
Xarkov viloyatidagi qishloqda yashovchi kishi bomba boshpanasiga aylangan yerto‘lada turibdi.
Foto: AP Photo
Ukrainalik askarlar tankni ta’mirlamoqda.
Foto: Reuters
Zaparoje
Zaporojelik temirchi ustaxonasida o‘q o‘tkazmaydigan zirhlar yasamoqda. Urushdan oldin u hamkasbi bilan birga zirh va qilich yasardi.
Foto: AFP
O‘qqa chidamli plastinlarni sinovdan o‘tkazish jarayoni.
Foto: AFP
Energodar
Rossiya harbiy karvoni Yevropadagi eng yirik Zaporoje atom elektr stansiyasi yo‘lida. Mart oyi o‘rtalaridan beri Rossiya AESni nazorat qilmoqda. 4 martga o‘tar kechasi stansiya o‘qqa tutilib, yong‘in sodir bo‘lgandi – o‘quv va laboratoriya binolari yonib ketgan. Radiatsiya darajasi normal saqlanib turibdi. Zelenskiyning aytishicha, Ukrainada 15 ta energoblok bor, ulardan oltitasi Zaporojeda, agar ular portlasa, oqibatlari dahshatli bo‘ladi.
Foto: AP Photo
Lvov
Lvov markazida o‘tkinchilar uchun tashkil etilgan o‘yin. Nishonga Putinning portreti tushirilgan va shunday yozilgan: «Nishonga tekkiza olmaslik uyat emas, o‘q otmaslik uyat».
Foto: Getty Images
Lvovdagi cherkovda ibodat qilayotgan askarlar. Ko‘plab ikonalar bombardimonlardan himoyalanish uchun o‘rab qo‘yilgan
Foto: Getty Images Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas