1 704
Putin ukrainaliklarni G‘alaba kuni bilan tabriklab, ularga «tinch va adolatli kelajak» tiladi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ukrainaliklarni Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning «umumulug‘ bayrami» bilan tabriklab, ularga «tinch va adolatli kelajak» tiladi. Ukraina fuqarolari, jumladan, urush faxriylari nomiga yo‘llangan tabriklar Kreml saytida e’lon qilindi.
Murojaatda Putin natsistlarning «mafkuraviy davomchilari qasos olishiga yo‘l qo‘ymaslik»ni «muqaddas burch» deb e’lon qildi. Rossiya prezidentining fikricha, hozir «natsizm yana bosh ko‘tarib, o‘zining vahshiy, g‘ayriinsoniy tartibini joriy etishga urinmoqda».
«Ikkinchi jahon urushida qatnashgan ukrainalik faxriylarga chin dildan ma’naviy bardosh, mustahkam sog‘lik va uzoq umr, Ukrainaning barcha aholisiga esa tinch va adolatli kelajak tilayman», — deyiladi murojaatda.
Putin an’anaga muvofiq sobiq Sovet hududidagi aksariyat davlatlar rahbarlarini G‘alabaning 77 yilligi bilan tabrikladi. U Ukraina rahbariyatiga tabrik yo‘llamadi. Kreml xabariga ko‘ra, 2022 yilda u birinchi marta o‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan (va Rossiya tomonidan tan olingan) DXR va LXR rahbarlariga telegrammalar yuborgan.
«Rossiya rahbari bugun harbiy xizmatchilarimiz ajdodlari singari o‘z ona yurtini fashistlar sarqitidan ozod qilish yo‘lida yelkama-yelka kurashayotganini ta’kidlab, 1945 yildagi kabi, g‘alaba bizniki bo‘lishiga ishonch bildirdi», — deyiladi Kreml saytida.
24 fevral kuni Vladimir Putin Ukraina hududida bu mamlakatni «demilitarizatsiya» va «denasifikatsiya» qilish maqsadida «maxsus harbiy operatsiya» o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qilgandi. Shundan so‘ng Ukrainada ikki yarim oydan beri davom etayotgan urushda o‘n minglab tinch aholi halok bo‘ldi, millionlab odamlar o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi