38 yil izlab enagasini topgan erkak unga avtomobil va 10 million frank berdi

38 yil izlab enagasini topgan erkak unga avtomobil va 10 million frank berdi

Fransiyalik erkak bolaligida Kot-d'Ivuarda unga g‘amxo‘rlik qilgan enagasini 38 yil davomida izlab, nihoyat topgani haqida xorijiy nashrlar xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkakning otasi bir necha yil avval ish yuzasidan Kot-d'Ivuarda bo‘lgan. Shu davrda Aisha ismli ayol uning kichik o‘g‘liga qaragan va unga mehr bilan g‘amxo‘rlik qilgan.

Keyinchalik oila Fransiyaga qaytib ketgan va ular o‘rtasidagi aloqa uzilgan. Biroq erkak bolaligida o‘ziga g‘amxo‘rlik qilgan ayolni yillar davomida unutmagan. U 38 yil o‘tib, enagasini topishga muvaffaq bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, u Kot-d'Ivuarga borib, Aisha bilan uchrashgan. Unga minnatdorlik sifatida 10 million CFA franki bergan, yangi avtomobil sovg‘a qilgan va umrining oxirigacha oylik to‘lov olishini ta’minlagan.

Aisha ushbu mablag‘ning bir qismini uyini ta’mirlash va nabiralarining ta’limiga sarflashni rejalashtirayotgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar