3 915
Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyevning Ilon oroli hududidagi yo‘qotishlari haqida ma’lumot berdi
Kiyev rejimi Ilon (Zmeiniy) oroli hududida 30 ta uchuvchisiz uchar qurilmalari, 50 nafardan ziyod ukrainalik jangarilarini yo‘qotgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov brifing davomida ma’lum qildi.
Konashenkov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Qora dengizdagi Ilon orolini egallab olishga urinishda Ukraina armiyasi 4 ta jangovar samolyoti, 10 ta vertolyoti, 3 ta kateridan ayrilgan.
Bundan tashqari, idoraning aniqlik kiritishicha, Ilon orolini egallab olishga urinishda yana 6 ta Mi-8 va Mi-24 vertolyotlari jalb qilingan bo‘lgan. Ular Odessa viloyatining Arsiz hududida yakson qilingan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning orolni egallab olishga bo‘lgan urishi harbiy nuqtai nazaridan behuda bo‘lgan deb hisoblaydi. Ta’kidlanishicha, orolda 27 nafar ukrain maxsus bo‘linmalari jangarilari va millatchilarining jasadi qolmoqda.
RIA Novostining Rossiya Qurolli kuchlaridagi manbasiga tayangan holda xabar berishicha, britaniyaliklar tomonidan o‘ylangan Ilon oroliga hujum qilish to‘g‘risidagi farmonni Ukraina prezident Vladimir Zelenskiyning shaxsan o‘zi bergan. Zelenskiy 9 may kuniga biror natija bo‘lishini talab qilgan, Bosh shtab qarshi bo‘lgan. Manbaning ta’kidlashicha, Ilon oroliga hujumning yakuni Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Zelenskiyning “g‘alaba” deb ataluvchi qo‘shma bayonoti bo‘lishi kerak bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi