Serdar Berdimuhamedov Moskvaga keldi

1 daqiqa o'qish1.5K
Serdar Berdimuhamedov Moskvaga keldi
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuxamedov rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Kremlda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro mavzular muhokama qilindi.
Serdar Berdimuhamedov Moskvaga keldi
Aytish joizki Serdar Berdimuhamedovning ushbu rasmiy tashrifi uning 2022 yil 19 martda Turkmaniston Prezidenti lavozimiga kirishganidan keyin birinchi xorijiy safaridir.

Mehmonni qutlar ekan, Vladimir Putin Rossiya va Turkmaniston orasidagi strategik ahamiyatga ega munosabatlar ildam rivojlanib borayotganini va yil boshidan buyon savdo-sotiq hajmi 40%ga oshganini qayd etdi.
Serdar Berdimuhamedov Moskvaga keldi
Berdimuxamedov, o‘z navbatida Rossiya prezidentini hamda butun rus xalqini yaqinlashib kelayotgan Rossiya kuni bilan tabrikladi. Shuningdek kelajakda ham ikki davlat orasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat, ishonch va bir-birining manfaatlarini hisobga olishga asoslangan bo‘lishiga umid bildirdi.

Undan tashqari, Serdar Berdimuxamedov Rossiya prezidentiga samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib sobiq prezident Gurbanguli Myalikgulevich Berdimuhamedovning salomini Putinga yetkazdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?