To‘qayev: «Rossiyadagi ba’zi odamlar endi Qozog‘iston Rossiyaning xizmatida bo‘lishi va oyoqlariga ta’zim qilishi kerakligini da’vo qilmoqda»

1 daqiqa o'qish2.3K
To‘qayev: «Rossiyadagi ba’zi odamlar endi Qozog‘iston Rossiyaning xizmatida bo‘lishi va oyoqlariga ta’zim qilishi kerakligini da’vo qilmoqda»
Foto: «Nur.kz»
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev yanvar oyidagi voqealari chog‘ida Rossiya Qozog‘istonni «qutqarib qolgani» haqidagi iddaolarga javob berdi, deya yozadi Tengrinews nashri.

«Rossiyadagi ba’zi odamlar bu vaziyatni noto‘g‘ri talqin qilib, Rossiya Qozog‘istonni «qutqarib qoldi» va Qozog‘iston endi abadiy Rossiyaga «xizmat qilishi va oyoqlariga ta’zim qilishi» kerakligini da’vo qilmoqda. Menimcha, bular mutlaqo asossiz, haqiqatdan yiroq fikrlar», — dedi Qosim-Jo‘mart To‘qayev «Rossiya 24» telekanali jurnalisti Andrey Kondrashovga bergan intervyusida.

Qozog‘iston rahbari ODKB (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti. Ushbu tashkilotda Rossiya yetakchi rol o‘ynaydi) kontingentining harbiy harakatlarda qatnashmasligi haqida boshidanoq kelishuv bo‘lganini ta’kidladi.

«Darhaqiqat, ODKB cheklangan kontingenti tomonidan birorta ham o‘q uzilgani yo‘q va ular bu yerda 10 kundan ortiq bo‘lmagan», — dedi Qozog‘iston prezidenti.

Prezident To‘qayev mamlakatdagi tartibsizliklar fonida 6 yanvar kuni ODKB davlatlari rahbarlaridan terrorchilik tahdidini bartaraf etishda Qozog‘istonga yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgandi. ODKB tinchlikparvar kuchlari strategik ob’yektlarni himoya qilish bilan shug‘ullangan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?