AQSH Ukrainaga 1,2 mlrd dollarlik yordam paketi ajratdi

1 daqiqa o'qish920
AQSH Ukrainaga 1,2 mlrd dollarlik yordam paketi ajratdi
AQSH Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam berish uchun qo‘shimcha ravishda yana 1 mlrd dollar taqdim etadi. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Baydenning bayonotida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, AQSH Ukrainaga artilleriya qurilmalari va sohil mudofaasi tizimlari, artilleriya uchun o‘q-dorilar va ilg‘or raketa tizimlarini yetkazib beradi.

Bundan tashqari, aholini ichimlik suvi, muhim dori-darmonlar va oziq-ovqat bilan ta’minlash, boshpanalar qurish uchun 225 mln dollar beradi.

BMTning ma’lumot berishicha, 24 fevraldan buyon tinch aholi orasidan 4452 nafar kishi halok bo‘lgan, 5531 nafar kishi yaralangan. Qayd etilishicha, tinch aholi orasidan qurbonlar soni bundan ko‘proq, ammo ma’lumotlar kechikib yetkazilmoqda va tekshirishni talab qiladi.

Ukrainalik qochqinlar soni 5 mln nafardan oshgan. Rossiyada qariyb 1,2 mln qochqin, Polshada 1,17 mln qochqin ro‘yxatga olingan.

Avvalroq Bloomberg agentligi AQSH Ukrainaga "Harpun" raketalarini yetkazib berishni rejalashtirgani haqida xabar bergandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?