Yevropa Ukrainadan mojaroni hal qilish uchun hududiy yon berishni talab qilmaydi

1 daqiqa o'qish1.2K
Yevropa Ukrainadan mojaroni hal qilish uchun hududiy yon berishni talab qilmaydi
Suratda: (chapdan o‘ngga) Olaf Shols, Emmanuel Makron, Vladimir Zelenskiy, Mario Dragi va Klaus Yoxannis
Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols, Italiya bosh vaziri Mario Dragi va Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis Kiyevda uchrashdi.

Uchrashuv Ukrainaning YEI a’zoligiga nomzod sifatidagi maqomi bo‘yicha tavsiyanoma berish e’lon qilinishidan bir kun oldin bo‘lib o‘tdi (Yevrokomissiya ertaga, 17 iyun kuni tavsiyanoma berishini va’da qilgan). Yakuniy matbuot anjumanida Emmanuel Makron Kiyevda bo‘lgan Yevropa Ittifoqining to‘rtta yetakchisi ham Ukrainaga «zudlik bilan» YEI a’zoligiga nomzod maqomini berish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Olaf Shols Ukrainaga YEIga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun «demokratiya va qonun ustuvorligi talablari bajarilishi kerakligini» ta’kidladi.

Yana bir mavzu harbiy yordam masalasi bo‘ldi. Emmanuel Makronning aytishicha, u Ukrainaga oltita Ceasar artilleriya tizimini yuborishni buyurgan. Unga ko‘ra, Yevropa Ukrainani g‘alaba qozonmaguncha qo‘llab-quvvatlaydi. Makron, shuningdek, Yevropa Ukrainadan mojaroni hal qilish uchun hududiy yon berishni talab qilmasligini qo‘shimcha qildi.

Ukraina prezidenti devoni xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida Yevropa yetakchilariga Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalar, jumladan gaz embargosi ​​bo‘yicha takliflar berilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?