Mask va uning kompaniyalari kriptovalyuta piramidasi tashkil etishda ayblanib sudga berildi

1 daqiqa o'qish920
Mask va uning kompaniyalari kriptovalyuta piramidasi tashkil etishda ayblanib sudga berildi
Foto: AFP/Getty Images
Ilon Mask va uning Tesla Inc hamda Space Exploration Technologies Corp (SpaceX) kompaniyalariga nisbatan Dogecoin kriptovalyutasini ilgari surgani uchun sudga 258 mlrd dollarlik da’vo arizasi berildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar qildi.

Da’vogar Kit Jonsonning ta’kidlashicha, Mask va uning kompaniyalari Dogecoin qiymatini oshirish uchun tovlamachilik sxemasini tuzgan.

"Javobgarlar Dogecoin kriptovalyutasi oqilona investitsiya ekanligi to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot bergan, aslida u hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan", - deyiladi Manhetten federal sudiga berilgan da’vo arizasida.

"Javobgarlar tashkil etgan kriptopiramida tufayli mablag‘idan ayrilgan"ini ta’kidlagan Jonson 2019 yildan buyon Dogecoin bois mablag‘ini yo‘qotgan boshqa odamlar ham unga qo‘shilishiga umid qilmoqda.

2013 yilda yaratilgan Dogecoin kriptovalyutasining narxi 0,057 dollarni tashkil etmoqda. O‘tgan yili uning qiymati 0,74 dollargacha ko‘tarilgandi.

Ilgari Mask Tesla va SpaceX mahsulotlarini Dogecoin kriptovalyutasiga sotishini aytgandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?