Shols Putin qo‘ygan shartlarda tinchlikka erishish mumkin emasligini ma’lum qildi

1 daqiqa o'qish1.7K
Shols Putin qo‘ygan shartlarda tinchlikka erishish mumkin emasligini ma’lum qildi
Germaniya kansleri Olaf Shols Kremlning Rossiya Ukraina hududining bir qismini bosib olishi, keyin esa vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishlarni kutishi haqidagi taxminini «Putin illyuziyasi» deb atadi. Germaniya Moskva tomonidan bir tomonlama o‘rnatilgan shartlar asosida «buyruq ostidagi dunyo»ni rad etadi, dedi kansler 16 iyun, payshanba kuni ARD telekanaliga bergan intervyusida.

Rossiya «Ukrainaning bir qismini shafqatsiz zo‘ravonlik bilan bosib olish» rejasidan va «mamlakatlar chegaralarini o‘zgartirish bo‘yicha imperialistik konseptsiyadan» voz kechishini ta’minlash kerak, dedi Shols.

Teleboshlovchi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Kiyevga tashrifi chog‘idagi nutqida Ukraina g‘alabasigacha Kiyevni qo‘llab-quvvatlash haqida gapirgani, Shols esa «Rossiya tomonidan o‘rnatiladigan tinchlikning imkonsizligini» e’lon qilganiga e’tibor qaratgan. Kansler bunday tinchlikka erishish imkoniyatini «Putinning illyuziyasi» deb atadi, u «yerni tortib olishi va vaqt o‘tishini kutishi mumkin» deb hisoblaydi.

«Bu illyuziya va men Putinga aytdim. Rossiyaga qarshi sanksiyalar mamlakat Ukraina bilan adolatli kelishuvga erishmaguncha kuchda qoladi. Tinchlik shartlari Ukraina aholisi, parlamenti, prezidenti tomonidan ko‘rib chiqiladi», - dedi Shols.

Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Italiya bosh vaziri Mario Dragi va Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis 16 iyun, payshanba kuni urush boshlanganidan beri birinchi marta Kiyevga tashrif buyurdi.

Irpenga safari yakunlariga ko‘ra, Shols yana bir bor Rossiya harbiy agressiyasining shafqatsizligini qoraladi va rus qo‘shinlarining «ma’nosiz zo‘ravonliklari» haqida gapirdi. «Begunoh fuqarolar o‘ldirildi, uylar vayron bo‘ldi. Umuman harbiy ob’yektlar yo‘q bo‘lgan butun bir shahar vayron bo‘ldi. Bu Rossiya agressiyasining shafqatsizligi haqida ko‘p narsani aytadi, u shunchaki vayronagarchilik va zabt etish bilan izohlanadi», - dedi kansler. To‘rt nafar yetakchi Ukrainaga Yevropa ittifoqiga a’zolikka nomzod maqomi berilishi tarafdori bo‘lgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?