Rossiya Ukrainaga bostirib kirmagan – Lavrov

1 daqiqa o'qish1.2K
Rossiya Ukrainaga bostirib kirmagan – Lavrov
Rossiya Ukrainaga bostirib kirmagan, Kiyevning NATOga jinoiy aloqadorligini G‘arbga ko‘rsatishning boshqa yo‘li qolmagani uchun maxsus operatsiya e’lon qilingan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlari vaziri Sergey Lavrov nayshanba kuni BBC’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Biz Ukrainaga bostirib kirganimiz yo‘q. G‘arbga uning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgani, Ukrainani NATOga jalb qilayotgani, neonatsistlar tuzumini asrab-avaylashi, homiyligi va tarbiyasi haqida tushuntirishga imkonimiz qolmagani uchun maxsus harbiy operatsiya e’lon qildik. Vladimir Zelenskiyning 2021 yilning sentabrida “Agar kimdir Ukrainada o‘zini rus odamidek his qilsa, Rossiyaga ketsin” degandi”, - deydi Lavrov.

Vazirning ta’kidlashicha, Rossiyada “boshqa yo‘li qolmagan edi” va Moskva buni “ko‘p, ming marta tushuntirgan”.

“Hozir Ukraina rejimi tinch aholiga, shaharlarga g‘arb qurollari bilan hujum qilmoqda” deya qo‘shimcha qildi u.

“Biz hech kimga hujum qilganimiz yo‘q. Ular Ukrainadagi ruslarga hujum qildi”, dedi Rossiya diplomatiyasi rahbari.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?