Maxsus operatsiya: Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti

1 daqiqa o'qish1.9K
Maxsus operatsiya: Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti
Rossiya aviatsiyasi yuqori aniqlikdagi raketalar bilan Xarkov viloyatining Pesochin aholi punkti hududidagi "Azov" milliy batalonining shtab-kvartirasini yo‘q qildi, dedi Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili, general-leytenant Igor Konashenkov.

“Yuqori aniqlikdagi havodan uchiriladigan raketalar ishchi kuchi va harbiy texnika to‘plangan 18 ta hududga, shuningdek, Ukraina artilleriya va minomyot batareyalarining o‘nta otishma pozitsiyasiga, shu jumladan Zaytsevo, Kurdimovka, Dzerjinsk, Baxmut tumanlaridagi "Grad" reaktiv tizimlarining 6ta batareyasiga zarba berdi”, dedi u.

Bundan tashqari, DXRdagi Spornoye va Vemka aholi punktlari yaqinida ikkita raketa va artilleriya qurollari va o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Shuningdek, uchuvchilar Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘shinlari va texnikasi to‘plangan 58 ta hududga zarba berishga va ularni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lishdi:
- 200 nafar ukraina millatchisi;
- Buk-M1 va Osa-AKM havo mudofaa tizimlarining ikkita uchirish moslamasi;
- 10 ta tank.

Raketa kuchlari va artilleriya 203 ta dushman kuchlari to‘plangan hududlarni, 38 ta artilleriya o‘q otish pozitsiyalariga zarba bergan. Natijada jami yo‘q qilingan kuchlar ro‘yxati quyidagicha:
- 350 nafar millatchi;
- Uchuvchisiz apparatlarni boshqaruv punkti;
- 8 ta tank va boshqa zirhli transport vositalari;
- 3 ta BM-21 "Grad" reaktiv tizimi;
- 3 ta dala artilleriya qurollari;
- 11 ta maxsus transport vositalari.

Havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukrainaning Su-25 hujumchi samolyoti va yettita dronni urib tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, ular LXRda "Tochka-U" raketasini va LXR, DXR, Xerson va Xarkov viloyatlarida 21 ta "Uragan" tizimining raketalarini tutib olishdi.

Maxsus operatsiya boshlanganidan beri Ukraina qurolli kuchlarining jami yo‘qotishlari:
- 205 ta samolyot;
- 131 ta vertolyot;
- 1233 ta dron;
- 342 ta zenit-raketa tizimlari;
- 3587 ta tank va boshqa turdagi zirhli transport vositalari;
- 539 ta yoppasiga o‘t ochish raketa tizimlari;
- 2013 ta dala artilleriya qurollari va minomyotlari;
- 3658 ta maxsus harbiy avtomobillar.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?