22:17 / 17.06.2022
1 340

«Rossiya Ukraina bilan urushda strategik jihatdan allaqachon mag‘lub bo‘lgan» — Britaniya Qurolli kuchlari rahbari

«Rossiya Ukraina bilan urushda strategik jihatdan allaqachon mag‘lub bo‘lgan» — Britaniya Qurolli kuchlari rahbari
Foto: «Fokus»
Britaniya Qurolli kuchlari rahbari Toni Radakinning fikricha, Rossiya Ukrainadagi urushda allaqachon «strategik jihatdan mag‘lub bo‘lgan» va endi «yanada zaiflashgan kuch»ga aylanmoqda. Bu haqda uning PA Media’ga bergan intervyusiga tayanib, The Guardian yozmoqda.

«Bu (harbiy bosqin) Rossiya Federatsiyasining dahshatli xatosi. Rossiya hech qachon Ukraina ustidan nazoratni o‘z qo‘liga ololmaydi», — deya ta’kidlaydi Radakin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya katta yo‘qotishlarga uchragan va bugungi kunda uning zamonaviy raketalari tugab qolgan. Rossiya quruqlikdagi kuchlarining chorak qismi yo‘q qilindi, deydi yuqori martabali zobit. Bularning barchasiga Ukraina sharqidagi «mayda» muvaffaqiyatlar sharofati bilan erishilgan, deya qo‘shimcha qildi u.

Radakinning ta’kidlashicha, Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishni rejalashtirayotgani Shimoliy Atlantika ittifoqining kuchayishidan dalolat beradi.

«Rossiya allaqachon strategik jihatdan mag‘lub bo‘ldi. NATO kuchliroq, Finlyandiya va Shvetsiya esa unga qo‘shilishni istamoqda», — deya qo‘shimcha qildi admiral.

Radakin London hali uzoq vaqt Ukrainani katta miqdorda qurol-yarog‘ yetkazib berish orqali qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Qurolli kuchlari Buyuk Britaniyadan 20 ta M109 o‘ziyurar qurollarini oladi. Bu haqda NATO mudofaa vazirlarining Bryusseldagi uchrashuvidan so‘ng ma’lum bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Rossiya Ukraina bilan urushda strategik jihatdan allaqachon mag‘lub bo‘lgan» — Britaniya Qurolli kuchlari rahbari