«Ukrainadagi urush bir necha yilga cho‘zilishi mumkin» — NATO bosh kotibi

1 daqiqa o'qish1.1K
«Ukrainadagi urush bir necha yilga cho‘zilishi mumkin» — NATO bosh kotibi
Foto: Reuters
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Bild am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi bir necha yil davom etishi mumkinligini aytdi.

«Biz bu urush bir necha yillar davom etishi mumkinligiga tayyorlanishimiz lozim. Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni zaiflashtirmasligimiz kerak. Hatto xarajatlar yuqori bo‘lsa-da — nafaqat harbiy yordam uchun, balki energiya va oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi tufayli ham», — deydi NATO rahbari.

Stoltenbergning qayd etishicha, agar bu urushdan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2008 yil Gruziyada va 2014 yil Qrimda qilgan ishini davom ettirishga qaror qilsa, NATO «juda kattaroq narx to‘laydi».

Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham G‘arb yetakchilarini Ukrainadagi urushning uzoq davom etishiga tayyorlanishga chaqirgandi. Ukraina ayni paytda «urush tugashidan yiroq» ekani Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov ham aytib o‘tgandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?