Abdulaziz Komilov Afg‘onistonda muvaqqat hukumat TIV rahbari bilan uchrashdi

1 daqiqa o'qish1.3K
Abdulaziz Komilov Afg‘onistonda muvaqqat hukumat TIV rahbari bilan uchrashdi
Foto: Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi
O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov 19 iyun kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahriga bordi. Bu haqda Afg‘onistonning muvaqqat hukumati Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.
Abdulaziz Komilov Afg‘onistonda muvaqqat hukumat TIV rahbari bilan uchrashdi
Foto: Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi
Qayd etilishicha, u yerda muvaqqat hukumat TIV rahbari vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy bilan uchrashuv o‘tkazilgan. TIV matbuot kotibi o‘rinbosari Hofiz Ziyi Ahmadning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil Ismatulla Ergashev ham bor.
Abdulaziz Komilov Afg‘onistonda muvaqqat hukumat TIV rahbari bilan uchrashdi
Foto: Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi
Muzokarada savdo va tranzit sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish masalalari ko‘tarilib, xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilingan. Shuningdek, Muttaqiy Abdulaziz Komilovni yangi lavozimi bilan tabriklagan.

«O‘zbekistonga afg‘onlar bilan siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorligi uchun minnatdorchilik bildiraman», — degan u.
Abdulaziz Komilov Afg‘onistonda muvaqqat hukumat TIV rahbari bilan uchrashdi
Foto: Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi
Muttaqiy Afg‘oniston bo‘yicha iyul oyi oxirida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun taklif qilingan. Qo‘shni mamlakat hukumati O‘zbekistonga Savdo vazirligi vakillari boshchiligidagi delegatsiyani yuborish istagini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirida Toshkent shahrida Afg‘oniston bo‘yicha oliy darajadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bu haqda ma’lumot berib, hududdagi og‘ir iqtisodiy inqiroz va qiyin gumanitar vaziyat keskinligicha qolayotganini aytgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?