«Ruslar Putinning ambitsiyalari uchun halok bo‘lmoqda» — Vitaliy Klichko

1 daqiqa o'qish1.9K
«Ruslar Putinning ambitsiyalari uchun halok bo‘lmoqda» — Vitaliy Klichko
Foto: BBC
Kiyev meri Vitaliy Klichkoning BBC nashriga aytishicha, Rossiya jamoatchiligi oxir-oqibat o‘zlarining yosh askarlari prezident Vladimir Putinning ambitsiyalari uchun halok bo‘layotganini tushunib yetadi.

Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni bu so‘zlarni aytganda 24 yoshli korrupsiyaga qarshi kurash faolining dafn marosimida ishtirok etayotgandi.

9 iyun kuni Xarkov viloyatining Izyum shahrida militsioner Roman Ratushniy o‘ldirilgan.

O‘zining rekord darajadagi uzoq faoliyati davomida butun dunyo bo‘ylab minglab muxlislari mehrini qozongan mer Klichkoning aytishicha, Rossiya rahbari Ukrainada ham, o‘z mamlakatida ham millionlab odamlarning hayotini yo‘q qilmoqda.

«Bu ruslar va Rossiya Federatsiyasi uchun ham fojia. Odamlar buni hozir tushunmayapti, lekin ishonchim komilki, ular haqiqatni tez orada anglab yetadilar. Ruslar o‘lmoqda. Nima uchun? Putinning ambitsiyalari uchunmi?», — deydi Kiyev shahri meri.

Klichko 2013 yilda Ukrainaning sobiq moskvaparast hukumatiga qarshi demokratiya tarafdorlari namoyishlari chog‘ida mashhurlikka erishgan janob Ratushniyga hurmat bajo keltirish uchun motamga kelgan yuzlab odamlar orasida edi.

Vitaliy Klichkoning aytishicha, G‘arb ittifoqchilarining Ukraina bilan birdamligi «Yevropada tinchlik va erkinlik kalitidir».

Juma kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Kiyevga e’lon qilinmagan tashrif bilan kelgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson «Ukraina urushidan charchoq» butun dunyo bo‘ylab tarqala boshlagani haqida ogohlantirdi.

Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqchilar Ukrainaga «strategik chidamlilik» berayotganlarini namoyish etishlari kerak.

Britaniya bosh vazirning tashrifi Fransiya, Germaniya, Italiya va Ruminiya yetakchilari Ukrainaga mamlakatning Yevropa Ittifoqiga intilishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun kelganidan bir kun o‘tib amalga oshirildi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?