Dmitriy Muratov Nobel medalini 103,5 mln dollarga sotdi

1 daqiqa o'qish1.3K
Dmitriy Muratov Nobel medalini 103,5 mln dollarga sotdi
2021 yilgi Nobel tinchlik mukofoti sovrindori, «Novaya gazeta» bosh muharriri Dmitriy Muratovning medali auksionda 103,5 million dollarga (98,4 million yevro) sotildi. Bu haqda 20 iyun, dushanba kuni savdolarni o‘tkazgan Amerikaning Heritage Auctions savdo uyi saytida ma’lum qilindi.

Xaridorning ismi noma’lum. Savdo uyiga ko‘ra, mukofotni sotishdan tushgan barcha mablag‘ BMT Bolalar jamg‘armasiga (YUNISEF) ukrainalik qochqin bolalar va ularning oilalariga yordam berish uchun yuboriladi. Auksion Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi va u 20 iyunda nishonlangan Butunjahon qochqinlar kuniga bag‘ishlandi.

OAVning yozishicha, bu Nobel medalining mukofot tarixidagi eng qimmat sotuvi bo‘ldi. Dmitriy Muratov Nobel tinchlik mukofotiga sazovor bo‘lgan Rossiyaning birinchi fuqarosi bo‘ldi. U filippinlik jurnalist Mariya Ressa bilan «demokratiya va mustahkam tinchlikning dastlabki sharti bo‘lgan so‘z erkinligini himoya qilishdagi sa’y-harakatlari» uchun mukofotni oldi.

Nobel qo‘mitasi izohida aytilishicha, Muratov nashr xodimlariga bir necha bor tahdidlar va bir necha jurnalistlarning o‘ldirilishiga qaramay, «Novaya gazeta» mustaqil siyosatidan voz kechmagan.

Muratov medalni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan mart oyida qaytarib sotish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, «Novaya gazeta» gazetani o‘z saytida, ijtimoiy tarmoqlarda va qog‘oz ko‘rinishida nashr etishni Ukrainadagi urush tugaguniga qadar to‘xtatib qo‘yganini ma’lum qildi. Nashr bu qarorini Roskomnadzordan ikkinchi ogohlantirish olgani, shu sababli «gazeta ishini davom ettira olmasligi» bilan izohladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?