Jurnalist liftda otib o‘ldirildi: 20 yillik qotillik siri ochilmadi

Jurnalist liftda otib o‘ldirildi: 20 yillik qotillik siri ochilmadi

2006 yil 7 oktyabrda Moskvada «Novaya gazeta» jurnalisti Anna Politkovskaya o‘z uyining liftida otib o‘ldirildi. Oradan 20 yil o‘tgan bo‘lsa-da, qotillikka kim buyurtma bergani hanuzgacha aniqlanmagan.

Politkovskaya 48 yoshda bo‘lgan. U Rossiyadagi taniqli surishtiruvchi jurnalistlardan biri sifatida tanilgan bo‘lib, ayniqsa Chechenistondagi urush va u yerdagi inson huquqlari bilan bog‘liq muammolarni yoritgan.

Jurnalist o‘z maqolalarida qiynoqlar, sudsiz jazolash holatlari, korrupsiya hamda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi mavzularni ko‘targan. Uning chiqishlari jamoatchilik e’tiborini jiddiy muammolarga qaratgan.

Kasbiy faoliyati davomida Politkovskaya bir necha bor tahdid va bosimlarga duch kelgan. Uning o‘ldirilishi Rossiyada va xalqaro miqyosda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan.

Jurnalistning qotilligi bo‘yicha bir necha kishi sudlangan bo‘lsa-da, jinoyatga buyurtma bergan shaxs kim ekani masalasi hamon ochiq qolmoqda. Shu bois Anna Politkovskaya ishi jurnalistlar xavfsizligi va so‘z erkinligi haqidagi munozaralarda hanuz tilga olinadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar