London “DXR”da ikki britaniyalikning o‘limga hukm qilinishi munosabati bilan Rossiyaga nota yo‘lladi

1 daqiqa o'qish1.7K
London “DXR”da ikki britaniyalikning o‘limga hukm qilinishi munosabati bilan Rossiyaga nota yo‘lladi
Buyuk Britaniya o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi oliy sudining britaniyalik Shon Pinner va Eyden Aslinni o‘lim jazosiga hukm qilgani munosabati bilan Rossiyaga nota yo‘lladi. Bu haqda Rossiyaning Londondagi elchisi Andrey Kelin ma’lum qildi.

«Ular nota yo‘llashdi, ammo mutlaqo takabburlarcha va aql o‘rgatuvchi ohangda. Nota bu masalada hamkorlik qilish xohishini uyg‘otmaydi»,— dedi u.

9 iyun kuni o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi sudi britaniyalik Shon Pinner va Eyden Aslin, shuningdek Marokash fuqarosi Saadun Ibrohimni “DXR”da hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish, terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida tayyorgarlikdan o‘tishda aybdor deb topdi. Ularning uchalasiga ham o‘lim hukmi o‘qildi.

Shon Pinner va Eyden Aslin Boris Jonsondan ularni ukrainalik siyosatchi va biznesmen, «Muxolifat platformasi - Hayot uchun» partiyasi rahbari Viktor Medvedchuk bilan almashtirishda yordam berishni so‘rashgandi. Medvedchuk ayni vaqtda davlatga xiyonatda gumonlanib hibsga olingan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?