18:18 / 22.06.2022
1 368

Urushning 118-kuni: Donetsk dalalaridagi raketalar. Kiyevda gumanitar yordam uchun navbatlar (foto)

Urushning 118-kuni: Donetsk dalalaridagi raketalar. Kiyevda gumanitar yordam uchun navbatlar (foto)
21 iyun kuni Yevropa investitsiya banki rahbari Verner Goer Ukrainani qayta tiklash xarajatlari trillion dollardan oshishini prognoz qildi. Qo‘shma Shtatlar Litvani Kaliningrad viloyatiga sanksiyalangan tovarlar tranzitini cheklash bo‘yicha Rossiya bilan bahsda qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi urush boshlanganidan keyin IT mutaxassislari xorijga chiqib ketgani sababli Rossiyada 170 ming «aytishnik» yetishmayotgani haqida xabar berdi. Meduza urushning 118-kunidan asosiy fotosuratlarni taqdim etdi.

Zmeiniy oroli

Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan Qora dengizdagi Zmeiniy orolining sun’iy yo‘ldoshdan olingan surati. Orolning shimoliy qismida yong‘in o‘rni, janubiy qismida vayron qilingan minora va yonib ketgan o‘simliklar ko‘rinadi. Hozir orolda Rossiya qo‘shinlarining pozitsiyalari va havo hujumidan mudofaa tizimlari o‘rnatilgan.
Foto: Maxar Technologies

Donbass shimoli

Drujkovka shahridagi binoga snaryad tegib, yonib ketdi. Drujkovka Donetsk viloyatining shimolida, Kramatorskdan unchalik uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan. 20 iyun kuni Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya Kramatorsk yo‘nalishida faol amaliyotlar olib bormayotgani, ukrainaliklarning tutash chiziqdagi pozitsiyalarini o‘qqa tutayotgani haqida xabar bergan edi.
Foto: Getty Images


Ukraina Qurolli kuchlari xodimi Drujkovkadagi otishma va undan keyingi yong‘in paytida vayron bo‘lgan omborni ko‘zdan kechirmoqda.
Foto: Getty Images


Fermerlar Donetsk viloyatidagi kungaboqar dalasida rus raketasining qoldiqlarini ko‘zdan kechirmoqda. Ukraina Bosh shtabining xabar berishicha, Donetsk yo‘nalishida Rossiya armiyasi hujumni kuchaytirish va davom ettirish uchun qayta to‘planmoqda.
Foto: AP Photo

Xarkov viloyati

Xarkov viloyatining Andreyevka shahridagi neftni qayta ishlash zavodi o‘qqa tutilishi oqibatida boshlangan yong‘in bir necha kundan beri davom etmoqda. Ukraina Bosh shtabining xabar berishicha, Rossiya armiyasi Ukraina qo‘shinlarining joylashuvini aniqlash maqsadida Xarkov yo‘nalishi bo‘yicha havodan razvedka o‘tkazmoqda hamda Ukraina Qurolli kuchlari pozitsiyalari va fuqarolik infratuzilmasini intensiv artilleriyadan o‘qqa tutmoqda.
Foto: Reuters


Xarkov uy-joy-kommunal kolleji binosi o‘qqa tutilib, shikastlangan. Xarkov viloyati rahbari Oleg Sinegubovning ma’lum qilishicha, 21 iyun kuni Xarkov viloyatida otishmalar oqibatida 15 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, yana 16 nafari yaralangan.
Foto: EPA


Uy-joy kommunal kollejining vayron bo‘lgan binosiga qarayotgan o‘tkinchi.
Foto: Reuters


Kun botganda Xarkov markazini kezib yurgan aholi.
Foto: EPA

Kiyev

Kiyev viloyatining Borodyanka shahri aholisiga insonparvarlik yordami tarqatilmoqda.
Foto: EPA


Kiyevda qariyalar ko‘ngillilar tarqatayotgan ovqat uchun navbatda turishibdi.
Foto: Getty Images


Keksa ayol ovqat olish uchun navbatda turibdi.
Foto: Getty Images
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urushning 118-kuni: Donetsk dalalaridagi raketalar. Kiyevda gumanitar yordam uchun navbatlar (foto)