Dunyo bo‘ylab 8 mln bolaning hayoti to‘yib ovqatlanmaslik sabab xavf ostida

1 daqiqa o'qish1.8K
Dunyo bo‘ylab 8 mln bolaning hayoti to‘yib ovqatlanmaslik sabab xavf ostida
Foto: Reuters
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISЕF) o‘z hisobotida 5 yoshgacha bo‘lgan qariyb 8 million bolaning hayoti surunkali to‘yib ovqatlanmaslik sabab xavfi ostida ekanini ma’lum qildi.

Hisobotga ko‘ra, bu bolalarning aksariyati oziq-ovqat va tibbiy vositalar taqchilligidan qattiq qiynalayotgan 15 mamlakatda yashaydi. Inqirozdagi ushbu davlatlar orasida Afg‘oniston, Efiopiya, Gaiti va Yaman bor.

To‘yib ovqatlanmaslik immunitetning zaiflashishiga olib keladi, bu esa 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘lim xavfini yaxshi ovqatlangan bolalarga nisbatan 11 baravar oshiradi. Hisobotda aytilishicha, 2022 yil boshidan buyon yana 260 ming bola to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekkan.
Dunyo bo‘ylab 8 mln bolaning hayoti to‘yib ovqatlanmaslik sabab xavf ostida
Foto: Reuters
Ukrainadagi mojaro va dunyoning ayrim qismlarida davom etayotgan iqlim o‘zgarishi sabab qurg‘oqchilik tufayli oziq-ovqat narxi keskin ko‘tarildi. Hisobotda aytilishicha, COVID-19 ning davom etayotgan iqtisodiy ta’siri ham bolalarning to‘yib ovqatlanmasligiga olib kelmoqda.
Dunyo bo‘ylab 8 mln bolaning hayoti to‘yib ovqatlanmaslik sabab xavf ostida
Foto: Reuters
Dunyo bo‘ylab 8 mln bolaning hayoti to‘yib ovqatlanmaslik sabab xavf ostida
Foto: Reuters
YUNISЕF yaqinlashib kelayotgan inqirozni bartaraf etish uchun zudlik bilan xalqaro hamjamiyatdan 1,2 milliard dollarlik yordam paketi zarurligini aytdi.

«Germaniyada G7 sammitiga yig‘ilgan dunyo yetakchilarida bu bolalar hayotini saqlab qolishga chora ko‘rish uchun kichik imkoniyat oynasi mavjud. Vaqtni yo‘qotmaslik kerak. Ochlik e’lon qilinishini kutish bolalarning o‘lishini kutishdir», — dedi YUNISЕF ijrochi direktori Ketrin Rassel.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?