«Yevropa Ittifoqi va NATO Rossiya bilan urush qilish uchun koalitsiya yig‘moqda» — Lavrov

1 daqiqa o'qish2.4K
«Yevropa Ittifoqi va NATO Rossiya bilan urush qilish uchun koalitsiya yig‘moqda» — Lavrov
Foto: Reuters
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlari Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda, deb hisoblaydi. Bu haqda u Bokudagi matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

Lavrovning fikricha, «Yevropa Ittifoqining rusofobiyasi» uzoq kelajakda ham yo‘qolmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yevropaliklar Ikkinchi jahon urushi boshlanishini eslatuvchi yo‘lni tanlagan, o‘shanda «Gitler Sovet Ittifoqiga qarshi kurashish uchun Yevropa davlatlarining muhim qismini, balki ko‘p qismini o‘z bayrog‘i ostida to‘plagan edi».

«Hozir ham, shu jumladan Yevropa Ittifoqi, NATO bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasi bilan kurashish va umuman olganda, urush qilish uchun shunday zamonaviy koalitsiyani yig‘moqda. Bularning barchasini diqqat bilan ko‘rib turibmiz», — dedi Lavrov.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya rasmiylari «Yevropa Ittifoqining xatti-harakatlarini kuzatmoqda» hamda ularning Ukraina va Moldovaga ittifoq a’zoligiga nomzod maqomini berganidan so‘ng tashlaydigan qadamlariga yarasha chora ko‘radi.

23 iyun kuni YEI davlatlari rahbarlari sammit chog‘ida Ukraina va Moldovaga YEIga nomzod maqomini berishga kelishib oldi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy a’zolikka nomzod uchun tegishli arizani Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan bir necha kun o‘tib bergan edi. Iyun oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Ukrainaning YEIga kirishiga qarshi emasligini aytgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?