AQSH Senati qurol nazorati to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

1 daqiqa o'qish1.3K
AQSH Senati qurol nazorati to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
Foto: EPA
AQSH Senati qurolli zo‘ravonlikka qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi, deb yozmoqda CNN telekanali.

Qonun loyihasini yoqlab 65 senator ovoz bergan, 33 nafari esa qarshi chiqqan. «15 nafar respublikachi ushbu chorani qo‘llab-quvvatlash uchun demokratlarga qo‘shildi, bu mamlakatning eng munozarali siyosiy masalalaridan biri bo‘yicha ikki partiyaviy yutuqni ko‘rsatadi», — deyiladi CNN xabarida.

Hujjat yaqinda Texasning Yuvalda shahridagi boshlang‘ich maktabda hamda Nyu-Yorkning Buffalo shahridagi supermarketda o‘nlab kishilarning o‘limiga sabab bo‘lgan otishmalardan so‘ng qabul qilingan edi.

Endi qonun loyihasi Vakillar palatasi tomonidan ma’qullanishi kerak, shundan so‘ng u imzolash uchun prezident Jo Baydenga yuboriladi.

May oyida New York Post gazetasi Gun Control Violence veb-sayti ma’lumotlariga tayanib, «2022 yilda Qo‘shma Shtatlardagi ommaviy otishmalar soni avvalgi yildagi ko‘rsatkichlar sonidan oshib ketgani» haqida xabar berdi.

Hisobotda aytilishicha, joriy yilning 144 kunida mamlakatda 214 ta otishma qayd etilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?