Terrorchilar Afg‘onistondan baza sifatida foydalanmoqchi - Shoygu

1 daqiqa o'qish2.6K
Terrorchilar Afg‘onistondan baza sifatida foydalanmoqchi - Shoygu
Terrorchilar qo‘shni davlatlarga kirib olish uchun Afg‘onistondan baza sifatida foydalanmoqchi, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondagi hamkasblari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

“Xalqaro terrorchilar yetakchilari Afg‘oniston hududini qo‘shni davlatlarga kirib olish va jihodchilarning yashirin tarmog‘ini yaratish, shu jumladan, jangarilarni qaynoq nuqtalardan Afg‘onistonga ko‘chirish uchun baza sifatida qaramoqda”, - dedi Rossiya mudofaa vaziri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada diniy radikalizm mafkurasi, narkotrafik va transchegaraviy jinoyatchilik keng tarqalmoqda, shuning uchun Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari mintaqada terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha huquq-tartibot idoralari o‘rtasidagi muvofiqlashtirishni kuchaytirish va bu borada umumiy yondashuvlarni shakllantirishi zarur, - dedi vazir.

Rossiya mudofaa vaziri biroz oldin Afg‘onistonda vaziyat jiddiyligicha qolayotgani, mamlakatda xavlar ortib borayotgani, amerikliklar qoldirgan ko‘plab qurol aslaha nomaqbul qo‘llarga tushib qolayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

So‘nggi kunlarda Afg‘oniston ichida o‘zaro kelishmoqchilik va nizolar tobora ortib bormoqda. Xususan, Tolibon* tomonidan hukumatdan o‘rin ajratilmagani va turli diskriminatsion choralar qo‘llanilgani tufayli shimoliy viloyatlarda yashaydigan xalqlar o‘zbeklar, tojiklar va hazoralar orasida Tolibon*ga qarshi kayfiyatlar keskin kuchaygan.

Yaqinda Balxab viloyati yetakchisi Maxdi Balxabi Tolibonga bo‘y so‘nmasligini e’lon qildi. 23 iyun kuni Balxabi va Tolibon kuchlari orasida bo‘lib o‘tgan dastlabki to‘qnashuvda Balxabi g‘olib chiqdi, Tolibon* 20-40 kishigacha yo‘qotib chekinishga majbur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 2021 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Afg‘oniston yangi rahbariyati Tolibon*ga (Rossiyada ta’qiqlangan) mamlakatda inklyuziv - ya’ni barcha millatlar va siyosiy partiya vakillarini qamrab oluvchi hukumat tuzish kerakligini va faqat shundan so‘ng yangi hukumatni tan olishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

*Terrorchilik faoliyati uchun Rossiyada ta’qiqlangan tashkilot
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?