Rossiyalik oligarxlarning musodara qilingan yaxtalari auksionga qo‘yila boshlandi

1 daqiqa o'qish1.8K
Rossiyalik oligarxlarning musodara qilingan yaxtalari auksionga qo‘yila boshlandi
Foto: Bloomberg
Rossiyalik tadbirkor Dmitriy Pumpyanskiyga tegishli ekani aytilayotgan «Axioma» yaxtasi Gibraltarda kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Bu haqda sud qaroriga tayanib, Business Insider xabar berdi.

Kema mart oyida hududiy hokimiyat qarori bilan musodara qilingan.

Yaxtani sotish to‘g‘risidagi qaror yuqori ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lib, bu yiliga kema qiymatining 10-15 foizini tashkil qilishi mumkin. Nashr yaxtaning narxini 75 million dollarga baholagan.

Gibraltar portida musodara qilingan yaxtaning egasi Ukrainadagi vaziyat fonida Britaniya sanksiyalariga uchragan. Gibraltar Rossiya bilan bog‘liq har qanday kema yoki sanksiyaga uchragan odamlar uchun o‘z hududiga kirishni taqiqlagan.

Mart oyi boshida tadbirkor Aleksey Mordashovning 64 metrli «Lady M» yaxtasi Italiyada musodara qilingan edi. Bundan tashqari, Andrey Melnichenko va Gennadiy Timchenkoning yaxtalari, Alisher Usmonov va Pyotr Avenning ko‘chmas mulki, shuningdek, Davlat dumasi sobiq deputati Oleg Savchenkoning villasi musodara qilingan.

Kreml rossiyalik tadbirkorlarning xorijdagi mol-mulkini musodara qilinishini «banditizm» deb atadi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bu G‘arbda biznes yuritish xavfli ekanligini ko‘rsatadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?