Foto: Mirror
Kanadalik olimlar Yer atmosferasida Antarktikadagidan yetti marta kattaroq ozon tuynugini aniqladilar. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Shu bilan birga, Yerning ozon qatlamida aniqlangan teshik tropik mintaqada joylashgan bo‘lib, bu sayyora ekotizimiga ancha salbiy ta’sir ko‘rsatishi ma’lum qilingan.
«Ozon qatlamining yemirilishi ultrabinafsha nurlanish darajasining oshishiga olib kelishi mumkin. Bu esa odamlarda teri saratoni va katarakta xavfini oshiradi, shuningdek, inson immunitetini zaiflashtiradi, qishloq xo‘jaligi samaradorligini pasaytiradi. Sezgir suv organizmlari va ekotizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi», — deydi tadqiqot mualliflaridan biri olim Tsin-Bing Lu.
Ozon tuynugi dastavval, 1985 yil Antarktida ustida, keyinroq Avstraliya tomon silijiyotgani, 1992 yil esa Arktika ustida kuzatilgan.
Eng dahshatlisi, bundan 20 yillar muqaddam Shimoliy qutb tepasida ozon qatlamidagi tuynuk hajmi rekord darajaga – 26 mln. kv. km.ga yetganligi aniqlandi. Buni bemalol Afrika qit’asi hududiga tenglashtirsa bo‘ladi. Bu o‘z navbatida, ekologiya muhofazasiga har qachongidan ko‘proq va jiddiyroq e’tibor qaratish hozirgi davrda g‘oyat muhim ekanligini ko‘rsatmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi