
Hindistonda firibgarlar soxta politsiya bo‘limi ochishgan va u yerda sakkiz oy ishlagan. Bu haqda The Guardian yozmoqda.
Ular “bo‘lim”ga yordam so‘rab murojaat qilganlardan pul undirish bilan birga, turli xizmatlar uchun ham faol ravishda “pora” olishgan.
Yuzlab odamlar ularning qurboni bo‘lgan.
Firibgarlar politsiya kiyimida va haqiqiy qurollar bilan aylanib yurgan. Qizig‘i shundaki, soxta bo‘lim haqiqiy politsiya boshlig‘ining uyidan atigi 500 metr narida tashkil etilgan.
Jinoiy guruhning kamida olti nafar a’zosi hibsga olingan, biroq “bo‘lim boshlig‘i” hali ham ozodlikda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar