Millionlarni qayg‘uga solgan fojia. Malika Diananing bevaqt o‘limiga 25 yil to‘ldi (video)

1 daqiqa o'qish2.3K
Millionlarni qayg‘uga solgan fojia. Malika Diananing bevaqt o‘limiga 25 yil to‘ldi (video)
Foto: Hull Daily Mail
2022 yilning 31 avgustida malika Diananing vafotiga chorak asr to‘ladi, u baxtsiz hodisa oqibatida atigi 36 yoshida yorug‘ olamni tark etgandi.

Malika Diananing bevaqt o‘limi nafaqat qirol oilasi a’zolari, balki butun dunyo uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. 1997 yil 31 avgustda Parijda oddiy insonlar kabi qalbga ega Diana va milliarderning o‘g‘li Dodi Al-Fayed ishtirokida baxtsiz hodisa yuz bergan edi. Juftlik o‘tirgan mashina haydovchisi suratkashlardan qochish maqsadida tezlikni oshirgan va boshqaruvni yo‘qotib, Alma ko‘prigi yaqinidagi tunnel tayanchiga borib urilgan. Shahzoda Charlzning sobiq rafiqasi Diana hamda uning do‘sti Dodi Al-Fayed ham og‘ir tan jarohati tufayli vafot etgan.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Toni Bler Diananing vafotini e’lon qilganida butun dunyoda millionlab odamlar «xalq malikasi» uchun motam tutgan. Uning o‘limi hech kimni befarq qoldirmagan.

Diana 1981 yilda Charlz bilan turmush qurish orqali mashhurlikka erishgandi, ammo er-xotinning munosabatlari juda yomon edi. 1996 yilda ular rasman ajrashdi, bu Diananing fojiali o‘limidan bir yil oldin sodir bo‘ldi.

Qirollik a’zolari Dianani eslab haligacha qayg‘uga cho‘madi, ayniqsa uning ikki o‘g‘li — 40 yoshli shahzoda Uilyam va 37 yoshli Garri onasining o‘limidan keyingi qalb jarohatlari yillar davomida ruhiy salomatligiga qanday ta’sir qilgani haqida gapiradi.

Diana vafot etgan paytda shahzoda Uilyam 15, Garri esa 12 yoshda edi. Ular London ko‘chalari bo‘ylab onasining tobuti ortidan odamlar yonida yurib, uning dafn marosimida qatnashgan.

Shahzoda Charlz sobiq xotinining o‘limidan so‘ng asta-sekin odatiy hayotga qaytdi va 2005 yilda Kamilla bilan turmush qurdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?