
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi raisi Valeriy Fadeyev mamlakatga kelgan va Rossiya fuqaroligini olgan shaxslarning chaqiruv yoshini 45-50 yoshgacha oshirishni taklif qildi.
“Konstitutsiyada aytilishicha, Vatanni himoya qilish Rossiya Federatsiyasi fuqarosining burchi bo‘lib, tug‘ilish orqali fuqarolikni olganlar va fuqarolikka qabul qilinganlar o‘rtasida farq qilmaydi. Bu huquqiy bo‘shliqni to‘ldirish va fuqarolikka qabul qilingan fuqarolarning harbiy yoshini 45 yoki 50 yoshga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqish zarur”, — deya Fadeyevning so‘zlarini keltirgan Inson huquqlari kengashi rasmiy Telegram-kanalida.
Kengash rahbarining tushuntirishicha, hozirda Rossiyaning fuqaroligiga qabul qilingan fuqarolar 27 yoshdan oshgan bo‘lsa, harbiy xizmatga chaqirilmaydi.
Shu bilan birga, Fadeyevning aniqlik kiritishicha, biz Rossiya fuqaroligini olgan xorijliklarni zudlik bilan safarbar qilish haqida gapirmayapmiz, chunki bu kamsitish bo‘ladi.
21 sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda qisman safarbarlik boshlanganini e’lon qildi. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar 300 ming kishini chaqirish niyatida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar