06:30 / 13.10.2022
1 050

Zelenskiy va Ukraina xalqi Saxarov mukofoti uchun nomzodlar qatoriga kiritildi

Zelenskiy va Ukraina xalqi Saxarov mukofoti uchun nomzodlar qatoriga kiritildi
Foto: «UNIAN»
Yevroparlament Yevropa Ittifoqining inson huquqlari bo‘yicha asosiy mukofoti bo‘lgan Andrey Saxarov nomidagi Fikr erkinligi mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi, deb yozadi Meduza.

2022 yil uchun nomzodlar ro‘yxatiga Ukraina fuqarolari, prezident Vladimir Zelenskiy, WikiLeaks asoschisi Julian Assanj, Kolumbiya haqiqat komissiyasi, braziliyalik faol Sonia Guajajara va 2022 yil may oyida vafot etgan Al-Jazeera jurnalisti Shirin Abu Akle kiritilgan.

Zelenskiy nomzodini Yevropa konservatorlari va islohotchilar partiyasi qo‘llab-quvvatlamoqda, ukrainaliklar esa «Yangilanayotgan Yevropa» hamda Sotsialistlar va demokratlarning progressiv alyansi tomonidan ilgari surilgan. Yevropa xalq partiyasi Saxarov mukofotini Vladimir Zelenskiy vakili bo‘lgan «Ukrainaning jasur xalqi»ga topshirishni taklif qildi.

19 oktabr kuni Yevroparlament g‘olibni aniqlaydi. Taqdirlash marosimi 14 dekabr kuni Strasburgdagi sessiyada bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo