22:22 / 21.10.2022
1 420

AQSHda otlar uchun 1200 dollarlik krossovka ishlab chiqarilmoqda

AQSHda otlar uchun 1200 dollarlik krossovka ishlab chiqarilmoqda
Foto: «Elle.ru»
Hayvonlar uchun yangicha uslubda tikilgan liboslar insonlar uchun uncha hayratlanarli holat bo‘lmay qoldi. Biroq hozirda moda olamida muhokama qilinayotgan yangiliklardan biri — otlar uchun maxsus poyabzal yaratishga ixtisoslashgan Horse Kicks brendi bo‘ldi. Brend Kentukki shtatidagi leksingtonlik dizayner Markus Floyd tomonidan ishga tushirilgan.

Floyd poyabzalni yaratishda SRGN akademiyasi jarrohlik poyabzal ustaxonasidan o‘rganilgan usullardan foydalanilgan. Horse Kicks’ning 2022 yil kuzidagi debyut kolleksiyasida qayta ishlangan Air Jordan dizaynlari, Adidas YEEZY BOOST 350 V2 va Aime Leon Dore x New x New Balance 650 o‘rin olgan. Har bir juft oyoq kiyimni 1 200 dollarga buyurtma qilish mumkin. Har bir sotuvning 10 foizi xayriya ishlariga sarflanadi.

Foto: «Elle.ru»
Krossovka modellari Kentukki shtatida 4-5 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan nasldor otlar poygasi bo‘yicha I darajali nasldorlar kubogi musobaqasida sinovdan o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo