
Shu kunlardagi global geosiyosatga oid muhim xabarlar, Xitoy Xalq Respublikasi bilan ham bog‘liq. Ma’lumki, yaqinda Xitoy Kommunistik Partiyasi (XPK)ning 20-s’ezdi bo‘lgandi. Unda, XXR Raisi Si Szinpin rasmiy Pekinning ichki va tashqi siyosatiga oid dasturiy chiqish qilgan. Xitoyshunos ekspertlarni e’tiborini qaratgan asosiy nuqta, bu – Si dunyoda bipolyar dunyo tarafdori ekanligini urg‘ulagan va himoya qilgan. Qolaversa, bu loyihani Si eng avvalo AQSHga taklif qilgan.
Bipolyar – ikki qutbli geosiyosiy dunyo degani. Si taklifiga ko‘ra, dunyoni AQSH va XXR boshqarishi kerak. Rossiyalik tahlilchilar, Si loyihasida Rossiyaga alohida joy ajratilmaganini alohida urg‘ulanmoqda. Ya’ni, Rossiya – Xitoyning komandasidagi oddiy soldat, xom ashyo davlati sifatida ko‘riladi.
G‘arbdagi xitoyshunos ekspertlarning aytishicha, Si hozirda Putinni ko‘rarga ko‘zi yo‘q. Sababi – Putin, o‘zining o‘ylanmagan Ukrainaga qarshi urushi balan, mudrab borayotgan kollektiv g‘arbni o‘yg‘otdi, AQSHni Yevropaga qaytishiga juda kuchli zamin yaratdi, Yevropadan AQSHni ohista chiqarib yuborish borasidagi 20 yillik strategiyani barbod qildi, qolaversa, AQSHga qarshi bo‘lgan “Rossiya-Xitoy-boshqalar” koalitsiyasini kuchsizlantirdi...
Kamoliddin Rabbimov, siyosatshunos.
Manba: Azon.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar