
30 oktabr kuni Hindistonda osma piyodalar ko‘prigi qulab tushdi. Hodisa paytida unda 500 dan ortiq odam bo‘lgan. Omon qolgan 10 yoshli bola hodisa haqida gapirib berdi.
NDTV telekanali jurnalisti bilan suhbatda bola «ko‘prikda juda ko‘p odam bo‘lganini» ta’kidladi. U fojia vaqtida arqonni ushlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq, yonidagi otasi va onasi bedarak yo‘qolgan.
Tarqalgan videolarda odamlarning ko‘prikni ataylab silkitganini ko‘rish mumkin.
Guvohlardan birining qo‘shimcha qilishicha, ko‘prik odamga «to‘lib-toshgan». Hodisa bir soniya ichida ro‘y bergan. «Odamlar bir-birining ustiga tushib, daryoga cho‘kib ketishdi», deydi u.
150 yillik ko‘prik yetti oylik rekonstruksiyadan so‘ng ochilgandi. Hind nashrlarida aytilishicha, ko‘prik xavfsizlik sertifikatisiz foydalanishga topshirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar