Mashhur "San-Sebastyan" chizkeykining tarixi qayerdan boshlangan?

1 daqiqa o'qish188
Mashhur "San-Sebastyan" chizkeykining tarixi qayerdan boshlangan?

Ko‘pchilik uni Turkiya bilan bog‘lashi mumkin. Aslida esa bu mashhur desertning vatani Ispaniyaning San-Sebastyan shahri hisoblanadi.

San-Sebastyan shahrining Eski shaharchasida joylashgan La Viña nomli barda Santyago Rivera 1990 yillar boshida o‘ziga xos chizkeyk yaratgan. Desert boshqa chizkeyklardan bir necha jihati bilan ajralib turadi: uning pecheneli asosi yo‘q, ustki qismi yuqori haroratda pishirilgani sabab qoramtir va karamellashgan ko‘rinishga ega, ichi esa juda yumshoq va qaymoqli bo‘lib qoladi.

Aynan shu kuygan-qoramtir qobiq va qaymoqli ichki qismi San-Sebastyan chizkeykining o‘ziga xos belgilaridan biriga aylangan. Vaqt o‘tishi bilan u San-Sebastyandan tashqarida ham mashhur bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlaridagi restoran va kafelarda tayyorlana boshlagan.

Mashhur "San-Sebastyan" chizkeykining tarixi qayerdan boshlangan?

Keyinchalik San-Sebastyan chizkeyki Turkiyada ham katta mashhurlikka erishdi. Ayniqsa, Istanbulda uning turli ko‘rinishlarini uchratish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda esa qaymoqli chizkeyk, ustiga quyilgan issiq shokolad va orqa fonda mashhur Galata minorasi aks etgan suratlar ommalashdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?