14:41 / 06.12.2022
1 170

Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi

Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Jon Bolton
Foto: Getty Images

AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton 2024 yilda AQSH prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishga tayyorligini ma’lum qildi.

«Siz kelib-kelib Konstitutsiyaga qarshi chiqsangiz (xuddi Tramp kabi), bu amerikacha emas. Agar Respublikachilar partiyasidan hozirgi nomzodlar Trampni rad etmasa, unda men poygada qatnashishga roziman», — deb yozdi u Twitter'da.

Tvitga ilova qilingan videoda NBC telekanali efiri aks etgan bo‘lib, unda Bolton saylovchilarning taxminan 59 foizi Trampni Konstitutsiyadan muhimroq deb hisoblamasligi haqida gapirmoqda. NBC qayd etishicha, Bolton ushbu bayonotni Tramp 3 dekabr kuni o‘zining Truth ijtimoiy tarmog‘i orqali Asosiy qonun moddalarining amal qilishini to‘xtatishga chaqirganidan keyin bergan.

Bolton Tramp prezidentligi davrida 2018 yil aprelidan 2019 yil sentyabriga qadar maslahatchi lavozimida ishlagan. Prezident uni toliblar va Xitoy bilan muzokaralar borasida fikrlari bir joydan chiqmagani uchun ishdan bo‘shatib yuborgan.

Avvalroq Donald Tramp 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida Bayden ustidan g‘alaba qozonganini da’vo qilib, konstitutsiyasini bekor qilishga chaqirgan edi.

«Bunday turdagi va miqyosdagi ommaviy firibgarlik barcha qoidalar va moddalarni, hatto konstitutsiyadagilarni ham bekor qilish imkonini beradi», — dedi siyosatchi. Uning fikricha, Amerika asoschilari ikki yil avval prezidentlik saylovlarida yuz bergan firibgarlikni e’tiborsiz qoldirishni xohlamagan bo‘lardi.

15 noyabr kuni Tramp 2024 yilgi prezident sayloviga o‘z nomzodini qo‘yganini e’lon qildi. Shuningdek, u agar AQSH prezidenti bo‘lsa, saylov tizimini isloh qilishga va’da berdi.

Tramp 2017—2020 yillarda AQSH prezidenti bo‘lgan. 2020 yil yanvarida u amaldagi prezident Jo Baydenga lavozimini bo‘shatib bergan. Tramp o‘z mag‘lubiyatini tan olmagan va saylov natijalarini sud orqali bekor qilmoqchi bo‘lgan. Biroq AQSH Oliy sudi sobiq prezidentning ovoz berish yakunlarini qayta ko‘rib chiqish haqidagi da’vosini rad etgan.

Bayden oktabr boshida 2024 yilgi prezident saylovida Trampni yana mag‘lub etishiga ishonishini aytgandi. Shu bilan birga, amaldagi davlat rahbari saylovda qatnashish haqida qaror qabul qilganicha yo‘q, biroq buni Kongressga saylovlardan keyin hal qilishini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi