
Foto: Anadolu Agency via Getty Images
Dekabr oyi oxirida Yangi Zelandiyaning Vellington shahridan jo‘nab ketgan «Viking Orion» kruiz kemasining 800 nafar yo‘lovchisi bir haftadan buyon qirg‘oqqa chiqa olmayapti. Kema korpusining biologik ifloslanishi tufayli laynerni Yangi Zelandiya va Avstraliya portlarining birortasi qabul qilmayapti.
Dastlab, kema Krayschyorch va Danidin, so‘ngra Adelaida va Hobart portlariga kiritilmadi.
Aksariyati amerikaliklar bo‘lgan sayyohlar vaziyatdan nihoyatda norozi va kruiz tashkilotchilari mojaroni bartaraf qilish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.
«Viking» har bir mijozga marshrut va kruiz rejasidagi o‘zgarishlarni moddiy qoplab berishga harakat qiladi», dedi kema shturmani.
Biologik ifloslanish - mikroorganizmlar, zamburug‘lar va suv o‘tlarining kema tagida to‘planishi. Bu xavfli, chunki ma’lum bir ekologik tizimga begona florani, shu jumladan mikroflorani kiritishi mumkin.
Kemaning portga kirishiga ruxsat berilishidan oldin odatda biologik ifloslanish darajasi o‘rganiladi. Muammoni hal qilish uchun kema korpusini tozalaydigan g‘avvoslarning professional xizmati kerak bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar