
Sharl Mishel / Foto: Getty Images
Yevroparlamentda so‘zga chiqqan Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel Ukrainaga tanklar berilishini qo‘llab-quvvatladi. Uning eslashicha, qariyb bir yildan beri Rossiya ukrainaliklarni bombalar yordamida bo‘ysunishga majburlash maqsadida falokat va terror strategiyasini amalga oshirmoqda.
«Biz Baxmutda, Soledarda, Dniprodagi oxirgi holatda bunday yondashuvni ko‘rmoqdamiz. Ammo ukrainaliklar qarshilik ko‘rsatmoqda va kurashishda davom etadilar. Biz, Yevropa Ittifoqi, kerak bo‘lganda ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Yevropa tinchlikni saqlash jamg‘armasini kengaytirish orqali harbiy qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz. Harakat qilish vaqti keldi», dedi u.
Mishel Ukrainaga zudlik bilan ko‘proq qurol yetkazib berish lozimligini ta’kidladi. «Shaxsan men Ukrainaga tanklar taqdim etish tarafdoriman», — dedi u.
Polsha G‘arbning og‘ir jangovar tanklarini Ukrainaga jo‘natishini e’lon qilgan birinchi NATO davlati bo‘ldi. 11 yanvar kuni kechqurun xalqaro koalitsiya tarkibida Leopard-2 tanklari rotasini Kiyevga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni Polsha prezidenti Anjey Duda Ukraina va Litva prezidentlari Volodimir Zelenskiy hamda Gitanas Nauseda bilan Lvovdagi uchrashuvdan so‘ng e’lon qildi.
Gap 14 ta tank haqida ketmoqda. Dudaning bayonotiga qaramay, Polsha hali tanklarni yubora olmaydi, chunki bu ularni ishlab chiqaruvchi - Germaniyadan reeksport litsenziyasini talab qiladi.
Berlin bunga hali tayyor emas. Federal kansler matbuot kotibi Shteffen Hebeshtrayt chorshanba kuni kechqurun Germaniyaning reeksportga qarshi pozitsiyasi o‘zgarmaganini aytdi. Hebeshtrayt, shuningdek, NATO ittifoqchilarining reeksport so‘rovlaridan ham, Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri Germaniyadan tanklar yuborish takliflaridan ham bexabar ekanligini ta’kidladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar