
Foto: Forbes
2023 yil 23 yanvar kuni Qozog‘istonda McDonald's brendi ostida faoliyat yuritgan tarmoqning bir qator restoranlari brendsiz o‘z ishini tikladi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, restoranlar tarmog‘ini ochish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, dastlabki bosqichda Olmaotada beshta restoran ochiladi.
«Hozircha restoranlar nomsiz ochiladi. Biroq yaqin kelajakda biz yangi nomimizni taqdim etamiz», — dedi Food Solutions KZ bosh direktori Asset Mashanov.
Nashr muxbirining qayd etishicha, Olmaota restoranlarida McDonald's belgisi o‘rniga qozoq va rus tillarida «Biz ochiqmiz» yozuvlari paydo bo‘lgan.
McDonald's Qozog‘istonda 2016 yilning mart oyidan boshlab Food Solutions KZ boshqaruvi ostida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Uning egasi Qayrat Bo‘ranboyev bo‘lib, u 2022 yilning 15 martidan buyon kvazidavlat sektorida katta miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirganlikda gumon qilinib, hibsga olingan.
2022 yil 17 noyabr kuni Qozog‘istonda McDonald's tarmog‘i faoliyati to‘xtatilgani haqida ma’lum bo‘ldi.
Kompaniya Qozog‘istonning quyidagi shaharlarida: Olmaota, Ostona, Atirau, Aqto‘be, Qo‘stanay, Qarag‘andada 24 ta McDonald's restoraniga ega bo‘lib, ikki mingga yaqin kishini ish bilan ta’minlagan.
2023 yil 5 noyabrda esa restoranlar tarmog‘i «yetkazib berishdagi cheklovlar» tufayli McDonald's brendi ostida ishlay olmasligi ma’lum bo‘lgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar