date
views 1 291

Alina Kabaeva uzoq vaqtdan beri ilk bor ommaga koʻrinish berdi (foto)

Foto: Telegram

Badiiy gimnastika boʻyicha 39 yoshli Olimpiya chempioni, hozirda “Natsionalnaya media gruppa” xolding direktorlar kengashi va “Sport-Ekspress” direktorlar kengashi rahbari Alina Kabaeva uzoq vaqtdan beri ilk bor ommaga koʻrinish berdi

Kabaeva mashhur shaxs boʻlib, uning har bir koʻrinishi ommaning diqqat markazida boʻladi. Rossiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Kabaeva Sochida koʻrinish bergan. U oʻzining nomidagi xayriya jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan 12-Alina badiiy gimnastika festivalida ishtirok etgan. Kabaeva Rossiyaning ELLYME brendiga tegishli salkam 29 ming rubllik (355 dollar) qora libosda koʻrinish bergan. Aksessuar sifatida u marjonli tilla sirgʻa tanlagan.

Foto: Telegram

Sport yulduzi tadbir ishtirokchilari bilan suratga tushgan. Kadrlarga qarab uning vazn yoʻqotganini va avvalgi suratlarga qaraganda ancha nozik koʻrinishga kelganini sezish mumkin.

Foto: Telegram

Soʻnggi marta Kabaeva Sochida, dekabr oyida oʻz nomidagi Badiiy gimnastika akademiyasining ochilish marosimiga kelganida kameraga muhrlangandi. Ilgari Kabaeva bolalari bilan Shveytsariyada yashagan, biroq unga qarshi sanktsiyalar joriy etilganidan keyin u Rossiyaga qaytishga majbur boʻlgan.

Kabaeva Rossiyada rasmiy mavqega ega emas. Ammo u va uning qarindoshlari qimmatbaho koʻchmas mulkka ega va uning jamgʻarmasi hisobiga pul doimiy ravishda kirib boradi. Uning hayoti haqida deyarli hech narsa ma'lum emas va bolalarining rasmi ham yoʻq. Avvalroq jurnalistlar Kabaeva dabdabali hayoti uchun qaerdan pul olayotgani haqida surishtiruv e'lon qilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alina Kabaeva uzoq vaqtdan beri ilk bor ommaga koʻrinish berdi (foto)