AQSHlik yurist o‘zi tahsil olgan universitetga 31,4 million dollar xayriya qildi

AQSHlik yurist o‘zi tahsil olgan universitetga 31,4 million dollar xayriya qildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Yurist Morgan Chu rafiqasi Helen Chu bilan birgalikda Harvard huquq maktabiga 31,4 million dollar miqdorida xayriya qildi.
  • Mazkur mablag‘ ta’lim muassasasi tarixidagi eng yirik bir martalik xayriya bo‘lib, oltita yangi professorlik lavozimini moliyalashtirishga sarflanadi.
  • 1976 yilda ushbu universitetni bitirgan Morgan Chu bu orqali o‘ziga sifatli ta’lim bergan dargohga minnatdorchilik bildirishni maqsad qilgan.

Amerikalik yurist Morgan Chu rafiqasi Helen Chu bilan birgalikda o‘zi tahsil olgan Harvard huquq maktabiga 31,4 million dollar xayriya qildi. Bu mablag‘ ta’lim muassasasi tarixidagi eng yirik bir martalik xayriya bo‘ldi. Bu haqda Harvard huquq maktabining rasmiy sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, ajratilgan mablag‘ oltita yangi professorlik lavozimini moliyalashtirishga sarflanadi. Bu esa universitetdagi ilmiy tadqiqotlar va ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Morgan Chu 1976 yilda Harvard huquq maktabini imtiyozli darajada tamomlagan. 2026 yilda uning universitetni bitirganiga roppa-rosa 50 yil to‘ldi. U intellektual mulk huquqi bo‘yicha ixtisoslashgan yurist bo‘lib, Los-Anjelesdagi Irell & Manella yuridik firmasining sud ishlari bo‘yicha guruhiga rahbarlik qiladi.

Chu va uning rafiqasi universitetga avval ham bir necha bor xayriya qilgan. Ularning avvalgi mablag‘lari professorlik lavozimlari, stipendiyalar, talabalarning ta’lim xarajatlari va boshqa akademik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

Harvard huquq maktabi ma’lumotiga ko‘ra, 2026 moliya yili ushbu ta’lim muassasasi uchun xayriya mablag‘larini jalb qilish borasida rekord natija bilan yakunlangan. Bu davrda maktabga 135 million dollardan ortiq mablag‘ kelib tushgan. Bu avvalgi rekord ko‘rsatkichdan qariyb 30 million dollarga ko‘p.

E’tiborlisi, Morgan Chu o‘z xayriyasi haqida gapirar ekan, rafiqasi bilan birgalikda unga jahon darajasidagi ta’lim bergan universitetga minnatdorchilik bildirishni istaganini ta’kidlagan.

Siz o‘zingiz tahsil olgan maktab yoki universitetdan minnatdormisiz? Agar imkoniyatingiz bo‘lsa, ularga qancha miqdorda xayriya qilgan bo‘lardingiz?

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar