![Serbiyadagi otishmada 8 kishi halok bo‘ldi](/uploads/posts/2023-05/kj_2gp58nyuuvplwdjtiret5gneirajs.jpg)
Oliver Bunic/AFP/Getty Images
Serbiya poytaxti Belgraddan 60 kilometr janubda sodir bo‘lgan otishma natijasida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 13 kishi yaralandi. Bu haqda 5 may, juma kuni APF axborot agentligi xabar berdi.
Otishma 4 may kuni kechki payt Dubona qishlog‘idagi Mladenovas shahri yaqinida sodir bo‘lgan, deb xabar bermoqda Serbiya OAV. Hujumchi harakatlanayotgan mashinadan avtomatdan o‘t ochgan va voqea joyidan yashiringan, deb xabar bermoqda RTS telekanali. Politsiya uni qidiruvga bergan. Qayd etilishicha, 21 yoshli yigit o‘t ochgan bo‘lishi mumkin.
Operatsiyaga ko‘plab politsiya mashinalari va vertolyotlari jalb qilingan, deya qayd etadi AFP. “Jinoyatchi qochib ketdi va barcha mavjud patrullar Mladenovas yo‘nalishiga jo‘natildi”, — dedi politsiya vakili.
Bir kun avval Belgraddagi maktabda 13 yoshli bola o‘q uzgan edi. Oqibatda 8 nafar bola va bir qo‘riqchi halok bo‘lgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar